Haydovchi QR ko‘rsatadi, usta skan qiladi — mashinaning barcha servislardagi tarixi ochiladi. Qilingan ish profilga yoziladi, loyalty hisoblagichi o‘sadi. Navbat yo‘q, qog‘oz yo‘q, unutilgan moy almashuvi yo‘q.
Oldindan yozilish shart emas. Mashina servisga keldi — jarayon shu yerdan boshlanadi.
Qaytib kelishini kutmang — uni qaytaring. Servis tarixi, loyalty qoidalari va analitika bitta CRM’da; usta esa telefonidan ishlaydi.
Uchta bo‘lim: Garaj, Tarix, Men. Ortiqcha hech narsa yo‘q — faqat mashinangiz uchun kerak bo‘lgani.
Servis qoidani o‘zi sozlaydi: qaysi kategoriya, nechinchi tashrif, bepul yoki foiz chegirma. Hisoblagich mashina + tashkilot kesimida yuritiladi — chiptalar, shtamplar, «esimda yo‘q» yo‘q.
Ro‘yxatdan o‘ting, xizmatlar katalogini to‘ldiring, ustalarga invite-kod bering. Birinchi skan — shu haftada.
Servisni ulash, integratsiya yoki hamkorlik bo‘yicha. Haydovchilar uchun yordam — Telegram’da.